TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Bishkek sudi tomonidan Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qurdirgan masjidga taqiq qo‘yildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Harbiy prokuratura tergov jarayonida “7 aprel qahramonlariga” deb nomlangan masjid Atambayev tomonidan barpo etilgani ma’lum bo‘ldi. Masjid joylashgan yer uchastkasi “Forum” ilmiy-sanoat firmasi nomiga rasmiylashtirilgan.
“Pervomaysk tuman sudi qaroriga ko‘ra ushbu mulk hibs qilindi”, - deyilgan xabarda.
Hozirgi vaqtda masjid qurilishiga sarflangan mablag‘ manbalari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval mamlakat bosh prokuraturasi qaroriga asosan Atambayev va uning oilasiga tegishli bo‘lgan 135 ta mol-mulk xatlab qo‘yilgandi.