Atambayev va uning oilasiga tegishli bo‘lgan 135 ta mol-mulk xatlab qo‘yildi

© REUTERS / Vladimir Pirogov"Ne dali vzat jivim ili mertvim": Atambayev sdelal zayavlenie
Ne dali vzat jivim ili mertvim: Atambayev sdelal zayavlenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Almazbek Atambayev va uning yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan 135 dona mol-mulkni xatlab qo‘ydi.

TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Almazbek Atambayev va uning yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan 135 dona mol-mulk xatlab qo‘yildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston mamlakat bosh prokuraturasiga asosan.

Sledstvenniy izolyator - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev hibsxonada qanday sharoitda saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi

Xatlov jinoiy avtoritet Aziz Batukayev noqonuniy ozod etilishi bo‘yicha jinoiy ish doirasida xatlov amalga oshirildi. Bundan avval 120 ta obyekt xatlab qo‘yilgandi.

Ta’kidlanishicha, Harbiy prokuraturada Atambayev prezidentlik davrida noqonuniy boylik orttirishi holati bo‘yicha jinoyi ish mavjudligini inobatga olgan holda, ma’lumotlar tekshirilishi va taqqoslanishi uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Ish yurituv davomida 20 ta uy-joydan xatlov olib tashlandi.

Almazbek Atambayev va uning yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan obyektlar, shuningdek noqonuniy ravishda qo‘lga kiritilgan boshqa mol-mulklarni qidirish va aniqlash bo‘yicha Qirg‘iziston milliy xavfsizlik va IIV tezkor bo‘linmalariga tergov ko‘rsatmalari berildi.

Bosh prokuratura Atambayev va yaqinlariga tegishli bo‘lgan barcha obyektlarning egalik huquqini tekshirib chiqadi, keyinchalik xatlab qo‘yilgan mol-mulklarning yangilangan ro‘yxatni e’lon qilishni rejalashtirdi.

 

Yangiliklar lentasi
0