Mirziyoyev DXX rahbariyati bilan davlat chegaralarini qo‘riqlash masalasini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSoveshanie, posvashennoe voprosam sovershenstvovaniya sistemi oxrani i zashiti Gosudarstvennoy granisi Respubliki Uzbekistan.
Soveshanie, posvashennoe voprosam sovershenstvovaniya sistemi oxrani i zashiti Gosudarstvennoy granisi Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat chegaralarini qo‘riqlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

TOShKENT, 27 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-avgust kuni O‘zbekiston Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Granitsa mejdu Kirgizstanom i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Davlat chegara o‘tkazish punktlarida pullik xizmatlar - hukumat qarori loyihasi

Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) rahbariyati, shuningdek, DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Chegara qo‘shinlari faoliyatining amaliy natijalari ko‘rib chiqildi, davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarni hisobga olgan holda yanada takomillashtirishning ustuvor vazifalari belgilandi.

“Mintaqa mamlakatlarining chegara idoralari yo‘nalishidagi xalqaro hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotgani, turli xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda qo‘shma tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Qo‘shni davlatlar bilan o‘tkazish punktlari ochilgani, yangi havo, temir yo‘l va avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgani fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisining ortishiga xizmat qilmoqda.

Chegaraoldi hamkorlikni faollashtirish yuzasidan xorijiy sheriklarimiz bilan erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi”, - deyilgan xabarda.

Yig‘ilishda bajarilgan ishlar tanqidiy baholanib, O‘zbekiston Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mutasaddi tuzilmalar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0