TOShKENT, 2 sen - Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Dariga Nazarbayevani yana parlamentning yuqori palatasi raisi lavozimiga saylashni taklif qildi. Deputatlar prezidentning taklifini yakdillik bilan ma’qulladilar. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.
“Dariga Nursultanovna Nazarbayevani Qozog‘iston Respublikasi parlamenti senatining raisi etib saylashingizni so‘rayman”, - deyilgan prezident taqdimnomasida.
Eslatib o‘tamiz, Dariga Nazarbayeva Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarbayev iste’foga chiqqandan so‘ng mamlakat senati raisi etib saylangan edi. Ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Kasim-Jomart Tokayev esa vaqtichalik prezident vazifasini ijro etishga kirishgan edi.