TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Qozog‘iston Parlamenti Senatining spikeri, mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Dariga Nazarboyeva prezident saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymasligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bu haqda RIA Novosti Zakon.kz portaliga tayanib xabar qildi.
“Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq mamlakatning istalgan fuqarosi o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin. Siyosiy partiyalar ilgari suriladigan nomzodlar to‘g‘risida qaror qabul qiladi”, - deya ma’lum qilgan Dariga Nazarboyeva.
Xabarda qayd etilishicha, Dariga Nazarboyeva saylovlar natijasi Qozog‘iston xalqiga bog‘liq bo‘lib, hammasi qonun doirasida bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qilgan. Biroq, Nazarboyeva partiya unga saylovlarda o‘z nomzodini ilgari surish bo‘yicha taklif bilan chiqsa, uni qabul qilishi yoki rad etishi masalasiga oydinlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVlarda Nazarboyevaning yordamchisi Saule Mustafayeva Dariga Nazarboyeva Qozog‘iston prezidenti saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Dariga Nazarbayeva Qozog‘iston Senati raisi etib saylandi
Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev qozog‘istonliklarga murojaat qilib, joriy yilning 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilgani ma’lum qilgan edi.