TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar shahrida firibgarlik jinoyatiga qo‘l urgan fuqaro ushlandi.
IIV xabariga ko‘ra, 19-iyul kuni 36 yoshli A.Q. “Fayzli” MFY hududida tanishi, Toshkent shahar Mirobod tumanida yashovchi 46 yoshli X.Sh. ismli ayolga avtomashinalar yuvish shoxobchasini, bino va inshootlarini sotmoqchiligini aytgan va undan 30 ming dollar olgan. Biroq bergan va’dasini bajarmagan va pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Q. ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.