Xalqaro moliya tizimida O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi

Obuna bo‘lish
Davlatning to‘lov qobiliyati bo‘yicha O‘zbekiston Turkiya, Braziliya va Vyetnam kabi ildam rivojlanib borayotgan davlatlar joylashgan 5 guruhdan o‘rin oldi.

TOShKENT, 3 fev – Sputnik. O‘zbekiston o‘zining moliyaviy ko‘rsatgichlari bo‘yicha xalqaro to‘lov tizimida beshinchi kategoriyaga o‘tdi, deb xabar qilmoqda Moliya vazirligi.

Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Inflyatsiya o‘sishi biz kutgandan ham past bo‘ldi – Markaziy bank

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti  (OECD) tomonidan har yili yangilanandigan reytingi 200 dan ortiq davlatlarning bir necha moliyaviy ko‘rsatgichlarini tahlil qilish asosida tuziladi. Reytingda birinchi guruh – bu eng yuqori to‘lov qobiliyatiga egabo‘lgan davlatlar, yettinchi guruh esa – eng past.

MDH davlatlari orasida aksariyat davlatlar 6 va 7 guruhlarda joylashgan. Faqat Rossiya – 4 guruh, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston – 5 guruhda. Ushbu guruhda shuningdek Turkiya, Braziliya va Vyetnam kabi ildam rivojlanib borayotgan davlatlar ham joy olgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston bir necha yillar davomida 6 guruhdan chiqarishni so‘rab murojaat qilgan, lekin faqat o‘tgan yilgi ko‘rsatgichlar asoasida bunga imkon paydo bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0