O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshdi

© MID UzbekistanaS nachala goda tovarooborot mejdu Uzbekistanom i Iranom viros na 40%
S nachala goda tovarooborot mejdu Uzbekistanom i Iranom viros na 40% - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil yanvar—iyun oylarida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 213,8 million dollarni tashkil etdi.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Eron elchisi Bahman Do‘rmoniyni qabul qildi.

Rabota RPK Visosk-Lukoyl-II - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Erondan neft mahsulotlari sotib olish masalalarini muhokama qilmoqda

Vazir elchini qutlar ekan, uni O‘zbekistondagi to‘rt yillik missiyasi muvaffaqiyatli yakunlayotganligi bilan tabrikladi hamda uning faoliyati samarali bo‘lgani, O‘zbekiston—Eron munosabatlarini mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qilganini qayd etdi. Savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi.

TIV xabarida qayd etilishicha, joriy yil yanvar—iyun oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 213,8 million  dollarni tashkil etib, 2018-yilning shu davriga nisbatan qariyb 40 foizga oshgan.

O‘zbekiston Erondan Xitoygacha bo‘lgan transport yo‘lagiga qo‘shildi

O‘z navbatida elchi O‘zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0