Tramp Ukrainaga harbiy yordam berishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqda – OAV

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oq uy Ukrainaga yordam berishni to‘xtatish niyati borligi haqida shu paytga qadar bir qator idoralarni xabardor qilgan.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga harbiy yordam berishni to‘xtatishni ko‘rib chiqmoqda. Harbiy yordam 250 million dollar miqdorida rejalashtirilgan. Bu haqda RIA Novosti SNN kanaliga asosan xabar qildi.

V mire nachalis prodaji novogo Apple7 - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Apple kompaniyasini Xitoydan ketishga chaqirdi

Kanal suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Oq uy Ukrainaga yordam berishni to‘xtatish niyati borligi haqida shu paytga qadar bir qator idoralarni xabardor qilgan.

Biroq, Tramp buni qanday amalga oshirishi aniq hozircha aniq emas, chunki bir tomondan, bu har yili ushbu mablag‘ ajratilishini ma’qullagan Kongressda jiddiy qarshilikka duch keladi va boshqa tomondan esa u yaqinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi.

Ehtimol, AQSh prezidenti ukrainalik hamkasbi bilan muloqotdan keyin bu boradagi pozitsiyasini aniqlaydi, deya xabar qildi CNN kanali.

2014 yildan beri AQSh har yili Ukrainaga harbiy yo‘nalish bo‘yicha mablag‘ ajratadi. O‘sha vaqtdan beri ushbu maqsadlardam milliard dollarga yaqin mablag‘ sarflandi.

Yangiliklar lentasi
0