Tramp Apple kompaniyasini Xitoydan ketishga chaqirdi

© REUTERS/Issei Kato V mire nachalis prodaji novogo Apple7
V mire nachalis prodaji novogo Apple7 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp Apple korporatsiyasini Xitoydan ketishga chaqirdi.

TOShKENT, 21 avg – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Apple korporatsiyasini Xitoydan o‘z ishlab chiqarishni ko‘chirishga chaqirdi. Bu haqda u Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis bilan uchrashuv natijalariga bag‘ishlangan brifingda aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Grenlandiyada buni qilmaslikka va’da beraman – Tramp

“Men Apple kabi, shunday Amerika kompaniyalariga qisqa vaqt ichida yordam bera olaman,  ular qilishi kerak bo‘lgan vaqtgacha: ehtimol, Xitoydan ketish”, - dedi AQSh yetakchisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uning yordamisiz yirik korporatsiyada katta muammolar bo‘lardi. So‘nggi bir yarim oy ichida Xitoy ikki million ishchi o‘rinni yo‘qotdi, chunki ayrim kompaniyalar AQShning bojlari amal qilmaydigan joylarga o‘z ishlab chiqarishni ko‘chirmoqda.

“Ular bundan ham ko‘proq yo‘qotadi”, - deydi AQSh prezidenti.

Iyun oyida Apple Xitoyda Mac Pro (avval ular AQShda ishlab chiqarilgan) kompterlarini yig‘ishni rejalashtirgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.  Tramp bunga e’tiroz bildirmadi, ammo Xitoydan keltiriladigan qismlardan ham boj undirilishi haqida ogohlantirdi.    

Yangiliklar lentasi
0