Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi og‘ir ahvolda topildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shifokorlar uni ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida oyoqning travmatik amputatsiyasini qayd etishdi.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi 26-avgust kuni O‘zbekiston fuqarosi G‘.P. og‘ir ahvolda topilganligi va 33-sonli shahar kasalxonasiga yotqizilganligi to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi. Bu haqda TIV xabar qildi.

“Shifokorlar bemorni ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida oyoqning travmatik amputatsiyasini qayd etishdi”, - deyiladi xabarda.

Pojar na progulochnom teploxode v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
TIV: Sankt-Peterburgdagi yong‘inda jarohat olgan o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir

Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli va reanimatsiya bo‘limidan travmatologiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Sankt-Peterburg shahrining huquqni muhofaza qiluvchi organlari va tibbiyot muassasasasi bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenes avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-965-029-41-49.

Yangiliklar lentasi
0