TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Sankt-Peterburg shahridagi sham zavodida yong‘in sodir bo‘ldi.
TIV xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatida 2 kishi, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi A.O. jarohatlangan.
“Ular I.I.Djanelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga yotqizilgan. Kuyish natijasida jarohat olgan hamurtimizning ahvoli og‘ir”, - deyiladi xabarda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasalari bilan aloqa o‘rnatgan.
Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenes avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-965-029-41-49.