Rossiya Hindistondan S-400 uchun birinchi to‘lovni oldi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishKompleks PVO S-400 "Triumf" zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole
Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Hindiston S-400 majmualari uchun avans berish masalasini hal qildi.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Rossiya va Hindiston S-400 majmualari uchun avans berish masalasini hal qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Devushka derjit avtomat Kalashnikova AK-103 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Saudiya Arabistonida qurol ishlab chiqarish zavodini qurmoqchi

Bundan avval harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha federal xizmat direktori o‘rinbosari Vladimir Drojjov Moskva birinchi to‘lovni yil oxirigacha olishga umid qilishi, yetkazib berish 2020-yilda boshlanib, 2025-yilda yakunlanishi haqida aytgandi.

Shartnoma 2018-yil oktabr oyi boshida tuzilgan. Rossiya Hindistonga 5,43 milliard dollarlik beshta S-400 polkini yetkazib beradi.

Vashington Dehlining Moskva bilan mudofaa shartnomalari bir necha bor tanqid qilgandi. AQSh “Triumf” bo‘yicha hamkorlik qilishni voz kechishni talab qildi, aks holda sanksiyalar bilan tahdid qildi.

S-400 "Triumf" - zamonaviy uzoq masofaga mo‘ljallangan havo mudofaasi tizimi hisoblanadi. U havo kemalari, qanotli va ballistik raketalarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, yerdagi nishonlarni yakson qilish uchun qo‘llanishi mumkin.

Majmuaning zarba berish masofasi 400 kilometrni tashkil qiladi. Shuningdek, 30 km balandlikdagi nishonlarni yo‘q qilishga qodir. Hindiston bu qurol yetkazib beriladigan to‘rtinchi mamlakat bo‘ladi. (Belarus, Xitoy va Turkiya).

Yangiliklar lentasi
0