TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Rossiya Saudiya Arabistonda AK-103 avtomatini ishlab chiqarish bo‘yicha zavodni barpo qilish bo‘yicha shartnoma imzolamoqchi, bu haqda harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha federal xizmati direktori Dmitriy Shugayev ma’lum qildi.
“Bugungi kunda Saudiya Arabistoniga Kalashnikov avtomatlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ijrosi ta’minlanmoqda. O‘ylaymanki, biz u yerda AK-103 avtomatlarini ishlab chiqarishga o‘tamiz”, - dedi u MAKS-2019 aviasalonda.
Bundan ilgariroq, Rosoboroneksport rahbari Aleksandr Mixeyev Rossiyadan Er-Riyadga qurol yetkazish berilishi haqida ma’lum qilgandi.
2017 yil oktabr oyida "Rosoboroneksport" OAJ va Saudiya harbiy sanoat kompaniyasi o‘rtasida harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishni sotib olish va lokalizatsiya qilish to‘g‘risida memorandum imzolandi va Saudiya Arabistonida Kalashnikov AK-103 rusumli avtomatlar va patronlarni litsenziyali ishlab chiqarilishini tashkil etish uchun umumiy shartlar to‘g‘risida shartnoma imzolangandi.