Lukashenko AQSh bilan munosabatlarni "oq qog‘ozdan" boshlash haqida og‘iz ochdi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyPrezident Belorussii Aleksandr Lukashenko
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasida, munosabatlarni "perezagruzka" qilish uchun zarur bo‘lgan "ma’lum tarix" mavjud.

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko payshanba kuni AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton bilan uchrashuvda Minsk Vashington bilan aloqalarni "oq varaqdan boshlashni xohlashi" haqida so‘zladi. RIA Novosti xabari asosida.

Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov AQShni kosmosga qurol olib chiqishdan ogohlantirdi

Bu Lukashenko va Boltonning birinchi uchrashuvidir. Ilgariroq Foreign Policy nashri Bolton ushbu asrda Belarusga qadam ranjida qiladigan AQSh hukumatining eng yuqori mansabdori bo‘lishi xabar qilingan edi.

"Sizning tashrifingiz atrofida ko‘tarilgan barcha shov-shuvlarga qaramay, bunda ijobiy tomoni ko‘p, ayniqsa, Belarus uchun. Ijobiy tomoni shundaki, bunda hech kim bizga ta’na qilolmaydi... biz AQSh bilan munosabatlarimiz yomonlashgan vaqtdan boshlab bu sahifani yopishni va hammasini toza varaqdan boshlashni muntazam taklif qilib kelganmiz", - dedi Lukashenko payshanba kuni Minskda o‘tkazilgan uchrashuvda.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasida munosabatlarni "perezagruzka" qilish uchun zarur bo‘lgan "ma’lum tarix" mavjud.

Lukashenko Bolton tashrifiga "tarixiy" deya ta’rif berdi, shu bilan birga bunga qadar ham mamlakatda AQShlik ekspert va mutaxassislar ko‘plab bo‘lishganini, o‘zi ularni shaxsan qabul qilganini eslatib o‘tdi.

SPUTNIK_antiterroristicheskie  ucheniya Kollektivnix sil ODKB v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
NATO harbiylarining tushiga ham kirmagan - "Markaz-2019" aksilterror mashg‘ulotlari haqida

"Lekin bunday oliy martabali shaxslar Belarusda hali bo‘lishmagan. Tashrif tarixiyligi ham aynan shunda", - dedi belaruslik yetakchi.

U Boltonga "munosabatlardagi barcha masalalarni ochiq, va hatto do‘stona muhokama qilishni, garchi ular (masalalar) Belarus uchun yoqimsiz bo‘lsa-da, ammo belgilab olinishi zarurligini" taklif etdi. "Men ham Sizning guvohligingizda ochiq va to‘g‘rilik bilan kelgusi hamkorligimiz bo‘yicha muhim o‘rin kasb etadi, deb biladigan, ehtimol, AQSh uchun unchalik xush kelmaydigan masalalarni belgilab olaman. Bu bizga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarda bizga asos yaratish imkonini beradi", - deya davom etgan Lukashenko.

O‘z navbatida Bolton ushbu uchrashuv "mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha bir nechta muhim mavzularda, shuningdek, ikkiyoqlama hamkorlikning muhim mavzusi bo‘yicha  muloqot qilish uchun yaxshi imkoniyat ekanligini" ta’kidlab o‘tdi.

RC-135U - AQSh razvedkachi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
NATO samolyotlari Rossiya sarhadlarida razvedka o‘tkazdi

"AQShni juda qiziqtiradigan bir nechta savollar bor: inson huquqlari va qurolni ommalashtirmaslik masalalari. Va, men Sizning, bu mavzularda imkon qadar ochiq bo‘lishimiz kerak, degan gapingizni ma’qullayman. Va, o‘ylaymanki, biz siz bilan bu borada til topisha olamiz", - deb aytgan AQSh prezidenti maslahatchisi. U shuningdek, "tarix joyida turmasligini: Sovet Ittifoqi barham topgan vaqtdan buyon ancha vaqt o‘tganini, geosiyosiy vaziyat o‘zgarganini", ta’kidlab o‘tdi.

"Region chegarasidan tashqarida bo‘lgan va bu yerdagi vaziyatga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar bilan ham bog‘liq masalalar bor, ularni ham muhokama qilishni istardim", - deb qo‘shimcha qildi Bolton.

So‘nggi vaqtlarda, Minskning Ukraina sharqidagi mojaroni bartaraf etishdagi roli fonida Belarusning G‘arb bilan munosabatlari ancha yaxshilandi. Yevropa Ittifoqi shu vaqtgacha, 20-yilcha vaqt oralig‘ida G‘arb tomonidan siyosiy va iqtisodiy bosim ostida bo‘lgan Belarusdan deyarli barcha sanksiyalarni olib tashladi, bir nechta cheklov choralari qoldi, xolos. Bundan tashqari, Belarusning AQSh bilan ham munosabatlarida yaxshilanish ko‘zga tashlanmoqda. AQSh Belarusning qator kompaniyalariga qarshi e’lon qilingan sanksiyalarni to‘xtatdi.

Yangiliklar lentasi
0