Atambayevni qo‘lga olish vaqtidagi tartibsizliklarni o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzildi

© REUTERS / Vladimir PirogovStoronniki bivshego prezidenta Kirgizii Almazbeka Atambayeva u yego doma vo vremya spetsoperatsii v sele Koy-Tash
Storonniki bivshego prezidenta Kirgizii Almazbeka Atambayeva u yego doma vo vremya spetsoperatsii v sele Koy-Tash  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qo‘lga olish vaqtida Qo‘y-Tosh qishlog‘ida sodir bo‘lgan tartibsizliklarni davlat komissiyasi tekshiradi.

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Qirg‘izistonda mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qo‘lga olish vaqtida 7-8 avgust kunlari Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi sodir bo‘lgan voqealarni o‘rganish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Ne dali vzat jivim ili mertvim: Atambayev sdelal zayavlenie - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev va uning oilasiga tegishli bo‘lgan 135 ta mol-mulk xatlab qo‘yildi

Tegishli qarorga Qirg‘iziston bosh vaziri Muxammedkaliy Abilgaziyev imzo chekkan.

Ma’lum qilinishicha, bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov tuzilgan davlat komissiyasiga rahbarlik. Komissiya tarkibidan deputatlar, ekspertlar, hukumat va mahalliy boshqaruv organlari vakillari o‘rin olgan.

Qo‘y-Toshdagi voqealar

7 avgust kuni kechqurun Qo‘y-Tosh qishlog‘ida GKNB spesnazi Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirishga urindi, ammo shturm uning tarafdorlari tomonidan yo‘qqa chiqarildi. 8-avgust kuni huquq tartibot organlari takroriy shturmni amalga oshirdilar, oqibatda siyosatchi taslim bo‘ldi. Hozirda Atambayevga bir nechta ayblov qo‘yilgan. Sobiq prezident advokati so‘zlariga ko‘ra, Atambayev tergov boshlangan kundan boshlab birorta savolga javob bermagan, sababi o‘ziga qarshi amalga oshirilayotgan harakatlar noqonuniy deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0