Bulung‘urda mast fuqaro qarindoshini pichoq bilan jarohatladi

Obuna bo‘lish
Bulung‘ur fuqaro mast holda jiyani bilan o‘zaro janjallashdi. Ularni ajratmoqchi bo‘lgan jiyaning otasini pichoq bilan jarohatladi.

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida mast fuqaro qarindoshini pichoq bilan jarohatladi.

Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Navoiyda haydovchining mast holdagi otasi inspektorni do‘pposladi

IIV xabariga ko‘ra, fuqaro mast holda uyi hovlisida shu mahallada yashovchi 24 yoshli jiyani S.T. bilan o‘zaro janjallashayotgan vaqtda ularni ajratmoqchi bo‘lgan S.T.ning otasi 47 yoshli B.B.ni pichoq bilan jarohatlagan.

Natijada B.B. kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.B. ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0