Navoiyda haydovchining mast holdagi otasi inspektorni do‘pposladi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchining 44 yoshli otasi jarima maydonchasiga mast holatda kelib, avtomashinani u yerga qo‘yilishiga faol qarshilik ko‘rsatgan. So‘ng inspektorni haqoratlab, unga qo‘l ko‘targan va tan jarohati yetkazgan. Natijada inspektor jiddiy jarohat olib, shifoxonaga olib borilgan.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Navoiy viloyatida haydovchining mast holdagi otasi inspektorni do‘pposladi.

IIV xabariga ko‘ra, 17-avgust kuni Navoiy viloyati IIB YHXB inspektori Navoiy shahar, I.Karimov ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelgan, davlat raqam belgisi 85 971 SAA bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinani piyodaga yo‘l bermaganligi uchun to‘xtatib, haydovchidan avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan, ammo haydovchi J.S.  mazkur avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlari bo‘lmagan.

Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘rlik ishlatganlar qanday jazolanadi?

Shu sababli, inspektor qonuniy tartibda haydovchi J.S.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani Navoiy shahridagi jarima maydonchasiga olib kelgan.

Bundan xabar topgan haydovchi J.S.ning 44 yoshli otasi A.H. jarima maydonchasiga mast holatda kelib, inspektor tomonidan avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yilishiga faol qarshilik ko‘rsatgan. 

“So‘ng uni haqoratlab, unga qo‘l ko‘targan va tan jarohati yetkazgan. Natijada jiddiy jarohat olib, RShTOIM Navoiy filialiga olib borilgan. Hozirda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0