TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha markaz rahbari Nurdin Sulaymonov Almazbek Atambayevning vaqtincha saqlash hibsxonasidagi sharoitlarini o‘rgandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Almazbek Atambayev ikki o‘rinli kamerada saqlanmoqda. Siyosatchi izolyator xodimlari harakatlariga hech qanday e’tiroz bildirmadi. Tibbiy ko‘rik (bir kunda uch marta qon bosimi o‘lchanmoqda) va kerakli dorilar mavjud. Advokatlik yordam ko‘rsatilmoqda.
Atambayev ikkita masala hal qilinishi uchun yordam so‘radi: kechasi chiroqni o‘chirish va eshikni yopishga ruxsat olish.
Bundan tashqari, Atambayevga nisbatan yana ikki ayblov ilgari surildi. Bular Bishkek TEM va “Mediaforum” binosini modernizatsiyasi bilan bog‘liq ishlar.
Qiynoqlarni oldini olish markazi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbariyatiga siyosatchining iltimoslarini ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.