Tarixga sayohatni boshlash uchun Samarqand nomini eshitish kifoya - YuNESKO direktori

© SputnikOtkritie XII Mejdunarodnogo muzikalnogo festivalya "Shark taronalari" v Samarkande
Otkritie XII Mejdunarodnogo muzikalnogo festivalya Shark taronalari v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Sharq taronalari” ochilish marosimida YuNESKO bosh direktori Odri Azule nutq so‘zladi.  

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Samarqandda an’anaviy “Sharq taronalari” festivalining ochilish marosimida so‘zga chiqqan YuNESKO bosh direktori Odri Azule Samarqand va uning tarixda tutgan o‘rni haqida nutq so‘zladi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

YuNESKO direktori, shuningdek Registon maydonining ulug‘vor mahobatini alohida qayd etdi, qadim zamonda bu yer Amir Temur saltanati poytaxti bo‘lganini, odamlar bu yerga ilm izlab kelganini, savdo-sotiq bilan shug‘ullanganini hamda musiqa sadolaridan lazzatlanganini aytib o‘tdi.

“Har jihatdan olib qaraganda, biz bugun jahon tarixining eng buyuk markazlaridan biri bo‘lgan Samarqand shahrida bo‘lib turibmiz. Bu zamin orqali insoniyatning eng buyuk moddiy va intellektual boyliklari o‘tgan. Barcha millat, madaniyat va dinlar bu yerda o‘zi uchun qulay makon topgan. Vaqt aro sayohatni boshlash uchun Samarqand nomini eshitishning o‘zi kifoya. Negaki u bashariyat o‘tmishidan so‘zlaydi”, - dedi Odri Azule.  

Shundan so‘ng xalqaro madaniy me’rosni himoyalovchi  tashkiloti rahbari O‘zbekiston YuNESKO bilan yaqindan hamkorlik qilish niyatida ekanini va bu YuNESKO ushbu hamkorlikni rag‘batlantirish niyatida ekanini qayd etdi.

Festival Shark Taronalari v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
"Sharq taronalari": festival mehmonlari qanday kutib olinadi

“Madaniyatlar bir biridan uzilgan holda taraqqiy etmaydi.  Ular o‘zaro muloqot natijasida o‘sadi, rivojlanadi. Bugun Samarqandda o‘tayotgan festival dasturi ushbu fikrning yaqqol tasdig‘idir. Bugun me’rosni dunyodagi universal til bo‘lmish musiqa tilida nishonlash uchun bu kecha sizning davrangiz bo‘lib turganimdan benihoya mamnunman”, - dedi Odri Azule.

Shundan so‘ng Azule xonim festivalga tashrif buyurgan musiqachilarga minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, bu yigi “Sharq taronalari” festivalida 75 mamlakatdan musiqachilar ishtirok etmoqda.  Festival ochilish marosimida butun dunyodan kelgan nufuzli mehmonlar, diplomatik korpus vakillari, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyeva va jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0