"Sharq taronalari": festival mehmonlari qanday kutib olinadi

© sharqtaronalari.uzFestival "Shark Taronalari" v Samarkande
Festival Shark Taronalari v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Sharq taronalari" XII xalqaro musiqiy festivaliga 78 davlatdan 315 nafar xorijiy mehmonlar, dipkorpus vakillari va ularga hamrohlik qiluvchi vazirlik idoralari vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda.

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. Sharq taronalari XII xalqaro musiqiy festivaliga tayyorgarlik ishlari qizg‘in kechmoqda. Xususan, Samarqand davlat chet tillar institutida Shtab tashkil qilinib, viloyat hokimligi, iqtisodiyot, turizm va kommunal sohalari vakillaridan iborat ishchi guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda, deb xabar qildi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Shaxrisabz - Sputnik O‘zbekiston
YuNESKO Shahrisabz bo‘yicha qaror qabul qildi

Tadbirni yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida 18 ta asosiy yo‘nalish va vazifalar bo‘yicha kichik ishchi guruhlari tarkibi shakllantirilgan.

Madaniyat vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra "Sharq taronalari" XII xalqaro musiqiy festivaliga ishtirok etish uchun 78 davlatdan 315 nafar xorijiy mehmonlar, dipkorpus vakillari va ularga hamrohlik qiluvchi vazirlik idoralari vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, 2019-yilning 25-26 avgust kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qiilish strategiyasi” mavzusida xalqaro anjumanga hamda "O‘zbekiston-buyuk yo‘llar va sivizizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat" meros haftaligiga ishtirok etish uchun 250 nafar mehmonlar va 50 nafar OAV vakillari kutilmoqda.

Jami mehmonlar soni taxminan 650 nafarni tashkil qiladi.

Navro‘z bayramini nishonlash - Sputnik O‘zbekiston
Navro‘z YuNESKO nomoddiy boyliklari ro‘yxatiga kiritildi

Tadbir doirasida ular uchun 22 ta mehmonxona (558 ta xona, 978 ta o‘rin) tashkil qilinib, joylar bron qilingan.

Shu bilan birga, festvial ishtirokchilari uchun 10 dan ortiq restoran va taomxonalar, 4 ta marshrut asosida olib boriladigan
14 ta tarixiy obida va ziyoratgohlar, Samarqand shahrida 5 ta, Oqdaryo (1 ta), Samarqand (1 ta), Pastdarg‘om (1 ta), Tayloq (1 ta), Urgut (1 ta) va Jomboy (1 ta) tumanlarida madaniyat muassasalari belgilangan.

Tadbir davomida mehmonlar va ularga hamrohlik qiluvchi vakillar uchun jami 54 ta obyekt belgilanib, hokimlik, kommunal soha, tibbiyot, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar, turizm, madaniyat va DSENM xodimlaridan jami 432 nafar mas’ullar taqsimoti ishlab chiqilgan.

Shu bilan birgalikda mehmonlarga "Ipak yo‘li" xalqaro turizm universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan
104 nafar malakali gid-tarjimonlar, shuningdek tarixiy obidalarda 80 dan ortik ekskursovod va madaniyat xodimlari zaxirasi yaratilgan.    

Shavkat Mirziyoyev dal ukazaniya po rekonstruksii aeroporta Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Samarqand aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Rasmiy mehmonlar va ularga hamroxlik qiluvchilar uchun 40 ta "MALIBU" va 30 ta "Captiva" rusumli, 20 ta mikroavtobuslar, 15 ta yangi zamonaviy yumshoq 50 o‘rindiqli va 40 ta yangi ISUZU avtobuslari zaxirasi yaratilmoqda.

Mazukur transport vositalarini boshqarish uchun 164 nafar malakali haydovchilarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.

"Yunesko" xalqaro tashkiloti shafeligidagi tadbir doirasida Rasmiy mehmonlar uyi, Imom al Buxoriy majmuasi hamda
"Bog‘ishamol garden" maskanini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0