Bosh vazir konferensiya qatnashchilariga Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o‘qib eshittirdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Samarkande proxodit mejdunarodnaya konferensiya «Soxranenie materialnogo i nematerialnogo kulturnogo naslediya: aktualnie problemi i strategii ix resheniya”.
V Samarkande proxodit mejdunarodnaya konferensiya «Soxranenie materialnogo i nematerialnogo kulturnogo naslediya: aktualnie problemi i strategii ix resheniya”.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan konferensiyada YuNESKO bosh direktori Odri Azule xonim ham shaxsan ishtirok etmoqda.

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Samarqand shahrida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov konferensiya qatnashchilariga prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o‘qib eshittirdi.

Festival Shark Taronalari v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
"Sharq taronalari": festival mehmonlari qanday kutib olinadi

“130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelayotgan mamlakatimizda milliy madaniyatlar va an’analarning xilma-xilligi, zamonaviy O‘zbekistonning noyob madaniyatini hosil qildi. Mamlakatda, ayniqsa,  keyingi yillarda xalqimizning moddiy va nomoddiy merosini saqlab bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarning ijobiy natijalarini Samarqand misolida o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin”, - deyiladi prezident tabrigida.

Tabrikda prezident, shuningdek, ushbu konferensiyani o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlagani va shaxsan ishtiroki uchun BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) bosh direktori Odri Azule xonimga katta minnatdorchilik bildirgan.

Samarqandda o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya hamda “Sharq taronalari” musiqa festivali YuNESKO shafeligida tashkil etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0