Oks Iskandariyasi haqidagi olamshumul kashfiyot qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Emma ZilivinskayaArxeologicheskie raskopki
Arxeologicheskie raskopki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘p yillar davomida ilmiy jamoatchilik vakillari “Oks Iskandariyasi qayerda - Eski Termizdami, Oy-xonumdami yoki Kampirtepada?” degan savol trofida munozara olib borishgan.

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Termizda “O‘zbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi“ nomli xalqaro arxeologik forum doirasida ertaga Oks Iskandariyasi Kampirtepada joylashgani butun jahonga e’lon qilinishi ma’lum qilindi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Xokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryo tarixi dunyo xalqlari tarixining ajralmas qismidir – viloyat hokimi

Forum doirasidagi eng muhim tadbirlardan biri Kampirtepa shahriga rasman port shahar maqomi berilishi bo‘ladi.

“Ertaga butun dunyoga Kampirtepa Oks Iskandariyasi ekanligini rasman e’lon qilamiz”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov

Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Kampirtepaga olib boruvchi yo‘llarda bu yer Oks Iskandariyasi ekanligini bildiruvchi belgilar o‘rnatib chiqilgan. Ushbu kashfiyot Surxondaryoda turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Akademik Edvard Rtveladze boshchiligidagi bir guruh olimlar qadimiy grek tarixchisi va geografi Ptolemey asarlarida yodga olingan va ellinistik madaniyatning Markaziy Osiyodagi g‘aroyib yodgorligi sanalgan afsonaviy Oks Iskandariyasi O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida joylashganligini isbotladilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Edvar Rtveladze rahbarligida Kampirtepada olib borilgan tadqiqotlar natijasi ─ Oks Iskandariyasi haqida hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlar bayon qilinishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0