Surxondaryo tarixi dunyo xalqlari tarixining ajralmas qismidir – viloyat hokimi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov
Xokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Curxon vohasi uzoq va boy tarixga ega va viloyatda 559 ta madaniy meros yodgorliklari mavjud.

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Termiz shahrida “O‘zbekiston sivilizatsiyalar chorrahasi” konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

So‘zga chiqqan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Surxondaryo viloyati tarixi faqatgina bir mamlakat yoki xalqning tarixi bo‘lib qolmay, balki dunyo xalqlari tarixining ajralmasmas qismi ekanini qayd etdi. Viloyat hokimi Curxon vohasi uzoq va boy tarixga egaligi va viloyatda 519 ta madaniy meros yodgorliklari mavjudligini ma’lum qildi.

Torgovlya suvenirami dlya turistov - Sputnik O‘zbekiston
Madaniy meros obyektlari hududida faqat O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan suvenirlar sotiladi

Shuningdek, akademik Edvar Rtveladze rahbarligida Kampirtepada olib borilgan tadqiqotlar natijasi ─ Oksiana Iskandariyasi haqida ma’lumotlar e’lon qilinishi va bu hech kimni befarq qoldirmasligini ta’kidladi.

Konferensiya ishtirokchilari Surxondaryo hududidagi qadimgi shaharchalar, qazishma hududlari, tarixiy yodgorliklarni borib ko‘rishadi.

O‘zbekistonda 22-27 avgust kunlari “O‘zbekiston buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” madaniy meros haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Haftalik an’anaviy “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali bilan yakuniga yetadi.

Yangiliklar lentasi
0