Toshkentda IIBB xodimlarining farzandlari uchun bog‘cha quriladi

© Press-slujba MDO UzbekistanaV Tashkente otkrilsya unikalniy detskiy sad
V Tashkente otkrilsya unikalniy detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun umumiy kvotaning 80 foizi Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlarining farzandlari uchun hamda 20 foizi xudud aholisining farzandlari uchun ajratiladi – deyilgan loyihada.

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari va hudud aholisining farzandlari uchun maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Pervoe v Uzbekistane spetsializirovannoe doshkolnoe uchrejdenie s reabilitatsionnim sentrom   - Sputnik O‘zbekiston
Maktabgacha ta’lim xodimlari lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi

Loyihada 2020-yil 1-yanvariga qadar Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 5-uy (sobiq bolalar bog‘chasi binosi) qayta ta’mirlash hamda 2020-yil 1-iyuniga qadar Shayxontoxur tumani S-13 mavzesi 412-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining bir qismi yer maydonida maktabgacha ta’lim muassasini qurish belgilangan.

Hujjat loyihasida aytilishicha, tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun umumiy kvotaning 80 foizi Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlarining farzandlari uchun hamda 20 foizi xudud aholisining farzandlari uchun ajratiladi.

"Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlarining farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Kadrlar boshqarmasiga ariza berish yo‘li bilan yo‘llanma orqali, xudud aholisining farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi;

mazkur qarorning ilovasida ko‘rsatilgan maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va kapital ta’mirlash homiylik mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, shuningdek ichimlik suvi va oqava suv tashqi muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish hamda qurish, obyektlarning atrof hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari Toshkent shahrining mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjatda.

Yangiliklar lentasi
0