Maktabgacha ta’lim xodimlari lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi

© Press-slujba ministerstva doshkolnogo obrazovaniya Uzbekistana Pervoe v Uzbekistane spetsializirovannoe doshkolnoe uchrejdenie s reabilitatsionnim sentrom
Pervoe v Uzbekistane spetsializirovannoe doshkolnoe uchrejdenie s reabilitatsionnim sentrom   - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil 1-maydan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Nukus shahrida reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan birinchi maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi.  - Sputnik O‘zbekiston
“Imkon” markazining tantanali ochilishi: loyiha kuratori Shahnoza Mirziyoyeva

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

- umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi;

- maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi;

- ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi;

- bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi.

Otkritie pervogo v Uzbekistane spetsializirovannogo doshkolnogo uchrejdeniya s reabilitatsionnim sentrom - Sputnik O‘zbekiston
Shahnoza Mirziyoyeva Nukusda bolalar uchun ixtisoslashtirilgan markazni ochdi

Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-maydan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.

2019 yil 1-sentabrdan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘sishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Yangiliklar lentasi
0