Bugun, 23 avgust kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisi oʻz ishini boshladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Yalpi majlisda 84 nafar senator qatnashmoqda. Ikki kun davom etadigan majlis kun tartibiga 20 tadan ortiq masala kiritilgan.
Senatorlar “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini koʻrib chiqishdi.
Senatning 21-yalpi majlisida tasvirga olingan suratlarni Sputnik fotojamlanmasida tomosha qilishingiz mumkin.










