Bugun, 23-avgust kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Yalpi majlisda 84 nafar senator qatnashmoqda. Ikki kun davom etadigan majlis kun tartibiga 20 tadan ortiq masala kiritilgan.
Senatorlar “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi, “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ko‘rib chiqishdi.
Senatning 21-yalpi majlisida tasvirga olingan suratlarni Sputnik fotojamlanmasida tomosha qilishingiz mumkin.