TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor Dublindagi mayxonalardan birida keksa kishiga hujum qilib, tarsaki tushirgani uchun uzr so‘radi.
Konor nohaqligini tan olgan hujumdan so‘ng zararni qoplashga uringanini ta’kidlagan.
“Men aybimni yuvishga urindim. Lekin buning ahamiyati yo‘q. Men xato qildim. Men oldinroq bu yerga kelib, javobgarlikni zimmamga olishim kerak edi. Meni qo‘llab-quvvatlagan kishilar, ota-onam, oilam va menga jang usulllarini o‘rgangan kishilar oldida qarzdorman”, - deya ma’lum qilgan u ESPN nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, u o‘z qilmishi uchun jazolanishi mumkinligiga izoh berib, jazoga loyiqligi va bundan qochmasligini qo‘shimcha qilgan.
Dublin prokuraturasi Konor Makgregorga keksa kishi bergan ariza asosida ayblov e’lon qilgan. Makgregor aybdor deb topilsa, unga jarima tariqasida jazo tayinlanishini mumkin.
Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov Konor Makgregorning ushbu xatti-harakatlariga munosabat bildirib, qattiq qoralagan edi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Konor Makgregor Dublindagi mayxonalardan birida keksa yoshdagi kishining tarsaki tushirgani xabar qilingan edi. Bunga uning Konorning Proper 12 brendli viskisini ichishdan bosh tortgan sabab bo‘lgan.