TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov mayxonada viskisini ichishdan bosh tortgan keksa kishining yuziga tarsaki tushirgan Konor Makgregor xatti-harakatiga o‘z munosabatini bildirdi.
Habib TMZ Sports nashriga bergan intervyusida Konorni bu kabi qiliqlari uchun qamoqqa olish kerakligini ma’lum qildi.
“Konorga o‘xshaganlar qamoqda o‘tirishlari kerak. U hech kimni hurmat qilmaydi. Bu sport uchun yaxshi emas. Uning ayrim harakatlari, shubhasiz, sport uchun foydali, ammo bu kabilari emas. U aqldan ozmoqda. Bu aqldan ozganlikning o‘zginasi. Hukumat Konorning chorasini ko‘rishi lozim. Bu mening fikrim. Chunki bu videoni ko‘rgandan keyin juda g‘azablandim. Men qanday qilib keksa kishiga qo‘l ko‘tarish mumkinligini tushunmayman. Bugun u qari cholni uradi, ertaga nima bo‘ladi?”, - deya g‘azabini yashirmadi Habib Nurmagomedov
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Konor Makgregor Dublindagi mayxonalardan birida keksa yoshdagi kishining yuziga tarsaki tushirgani xabar qilingan edi. Bunga uning Konorning Proper 12 brendli viskisini ichishdan bosh tortgan sabab bo‘lgan.