TOShKENT, 22 avg – Sputnik. 22 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, muloqotda ishning barcha jihatlarni birgalikda o‘rganish va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar ruhida vaziyatni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
2019 yilning 18-avgust kuni Qirg‘izistonning Osh viloyati Qorasuv shahrida “qulatuv” jangi bo‘yicha WEF PROFFIGHT turnirida ko‘ngilsiz voqea ro‘y berdi. O‘zbekistonlik sportchi Nursulton Ro‘ziboyev o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etdi va u yerda qirg‘izistonlik jangchiga mag‘lub bo‘ldi. Jang yakunida sportchi hakam qirg‘izistonlik jangchiga yon bosdi deb hisoblab, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarishga uringan. Ammo hakam bunga yo‘l qo‘ymagan.
Shundan so‘ng Ro‘ziboyev Instagram video joylashtirdi, unda u qirg‘izistonliklarga nisbatan haqoratomuz so‘zlarni aytgan. Keyinchalik u videoni o‘chirib tashlagan. Hozirda unga nisbatan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 313-moddasi (irqiy, etnik, milliy, diniy yoki mintaqalararo adovatni qo‘zg‘atish) bo‘yicha dastlabki surishtiruv boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirg‘izistonlik hakam O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib, uzr so‘ragani xabar qilingan edi.