TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Aralash yakkakurash bo‘yicha qirg‘izistonlik hakam O‘zbekiston bayrog‘i bilan yuz bergan holat yuzasidan video murojaat tayyorladi.
Bu video Telegram-kanallar orqali tez tarqalmoqda.
Videoda hakam O‘zbekiston xalqidan uzr so‘radi. U qo‘shni mamlakat xalqini hurmat qilishi va noto‘g‘ri ish qilganligini tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik sportchi Nursulton Ruziboyev O‘sh viloyatida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etdi va u yerda qirg‘izistonlik jangchiga mag‘lub bo‘ldi.
Jang yakunida Ruziboyev hakam qirg‘iz sportchiga yon bosdi deb hisoblab, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarishga harakat qilgan. Ammo hakam bunga yo‘l qo‘ymay bayroqni oktagon tashqarisiga uloqtirdi.