Energetika tizimida 25 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Obuna bo‘lish
Dastlabki hisob-kitoblar ko‘ra, yetkazilgan zarar qariyb 2 mlrd so‘mni tashkil etadi.

TOShKENT, 22 avg - Sputnik. 2019-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonalarining ishchilariga nisbatan prokuratura tomonidan 25 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Jinoyat ishlari O‘zbekiston Jinoyat kodeksining “talon-taroj qilish”, “firibgarlik”, “elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suv tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish”, “mansab vakolatini suiiste’mol qilish”, “soxtalashtirish” va boshqa moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

V Minenergo rasskazali, kak reshayut problemi s umnimi schetchikami - Sputnik O‘zbekiston
Qarshida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ 124,2 mln so‘m jarima to‘laydi

Dastlabki hisob-kitoblar ko‘ra ular yetkazgan 1,9 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Ma’lum qilinishicha, energetika tizimidagi aybdor shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish (3 kishi), axloq tuzatish ishlari (2 kishi), jarima (1 kishi) va boshqa jazo choralari tayinlandi.

Ayni paytda yetkazilgan zarardan 116,3 million so‘mi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonalarining hisob-raqamlariga qaytarilgan.

Shuningdek, Zirabuloq magistral gaz tarmog‘i boshqarmasining 2 nafar xodimiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ular 21,1 mln so‘m miqdorida zarar yetkazganlar.

Yangiliklar lentasi
0