Qarshida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ 124,2 mln so‘m jarima to‘laydi

© Press-slujba Ministerstva energetiki UzbekistanaV Minenergo rasskazali, kak reshayut problemi s "umnimi" schetchikami
V Minenergo rasskazali, kak reshayut problemi s umnimi schetchikami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iste’molchi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish maqsadida hisoblagichning ichki qismiga maxsus qurilma (chip) o‘rnatgan.

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Qarshi tumanidagi iste’molchi “Islom Muxtor Hamkor” MChJ tomonidan elektr energiyasidan foydalanishdagi yashirincha o‘g‘irlik turi aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Sherzod Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston
"Aqlli hisoblagichlar" aldayaptimi: energetika vaziri o‘rinbosari aniq javobni aytdi

Bildirilishicha, iste’molchi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish maqsadida hisoblagichning ichki qismiga maxsus qurilma (chip) o‘rnatgan. Ushbu qurilma pult orqali boshqarilib, qurilma ishga tushirilgan vaqtda elektr hisoblagich oqib o‘tayotgan elektr energiyasini hisobga olmagan.

“O‘zenergoinspeksiya”ning Qashqadaryo hududiy bo‘limi mutaxassisi xulosasi asosida iste’molchi “Islom Muxtor Hamkor” MChJ ushbu qoidabuzarlik bo‘yicha 124 222 250 so‘m jarimaga tortildi.

Yangiliklar lentasi
0