TOShKENT, 21 avg - Sputnik. O‘zbekistonda 8-20 avgust kunlari radiatsiya fonida o‘zgarish kuzatilmagan. Bu haqda FVV xabar qildi.
O‘zgidrometning atmosferada va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarida o‘tkazgan jismoniy jarayonlar tahlili shu kunlarda mamlakat hududi Turkmaniston orqali kirib kelgan Kaspiy dengizining janubi va Eron osmonidan shakllangan janubi-g‘arbiy havo massalari ta’siri ostida bo‘lgani ko‘rsatgan.
Mamlakatda gamma nurlanishning ekspozitsion dozasi quvvatidagi oylik o‘rtacha daraja soatiga 0,16 mikrozivertga teng va u 0,08 mkzv/soatdan 0,24 mkzv/soatgacha tebranib turibdi (ekspozitsion dozaning mumkin bo‘lgan eng oxirgi quvvat darajasi 0,30 mkvz/soatga teng).
Qayd etilishicha, ko‘rsatib o‘tilgan davrda bu ko‘rsatkich respublikada 0,15 mkzv/soat, Toshkentda esa eng yuqori daraja 0,16 mkzv/soatni tashkil etgan.