Hisobga olish priborlarini qiyoslash bo‘yicha yangi tartib belgilandi

© Novosti UzbekistanaGazoviy elektronniy schetchik
Gazoviy elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi .

Sherzod Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston
"Aqlli hisoblagichlar" aldayaptimi: energetika vaziri o‘rinbosari aniq javobni aytdi

Qaror bilan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi.

2019 yil 1-noyabrdan boshlab hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

- yuridik shaxslar uchun – 4-yil;

- jismoniy shaxslar uchun – 8-yilni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0