Perm o‘lkasi gubernatori O‘zbekiston fuqarosini mukofotladi

© Sayt Gubernatora i Pravitelstva Permskogo krayaGubernator nagradil uzbekistansa, spasshego lyudey iz avtobusa v Permi
Gubernator nagradil uzbekistansa, spasshego lyudey iz avtobusa v Permi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik yosh yigit YTHga uchragan avtobusdan odamlarni qutqargani uchun gubernatordan mukofot oldi.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Perm o‘lkasi gubernatori Maksim Reshetnikov O‘zbekiston fuqarosi Danil Yuldashevga YTHga uchragan avtobusdan odamlarni qutqargani uchun mukofot berdi, deb xabar qilmoqda viloyat hukumati portali.

Menya tak vospitali: uzbekistanes spas lyudey iz avtobusa v Permi - Sputnik O‘zbekiston
Meni shunday tarbiya qilishgan – O‘zbekiston fuqarosi odamlarni qutqarib qoldi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Perm shahrida 53-sonli yo‘nalishli avtobus YTHga uchragan, 1 kishi qurbon bo‘lgan 32 kishi jarohatlangan edi.

YTH oqibatida avtobus eshiklari ochilmay qolgan. Voqea guvohi bo‘lgan Danil orqa oynani sindirib avtobus ichiga kirgan va odamlarni olib chiqib ularga tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Viloyat rahbari Danilga minnatdorlik xati, bokschilar qo‘lqopi topishrgan. Reshetnikov yosh yigitning jasurligi uchun minnatdorlik bildirgan.

"Danil favqulodda vaziyat yuz bergan joyda ikkilanmasdan tez yordam kelguniga qadar jarohat olganlarga yordam ko‘rsatishni boshlagan”, - dedi gubernator.

Shuningdek viloyat hukumati yosh yigitga Rossiya fuqaroligini olishda yordam ko‘rsatishlarini xabar qilingan. Ma’lum bo‘lishicha Danil 7-yil oldin Rossiyaga kelgan. Uning yaqinlari Toshkentda yashaydi. 

Yangiliklar lentasi
0