Meni shunday tarbiya qilishgan – O‘zbekiston fuqarosi odamlarni qutqarib qoldi

© Foto Danila Yuldasheva v sossetax"Menya tak vospitali": uzbekistanes spas lyudey iz avtobusa v Permi
Menya tak vospitali: uzbekistanes spas lyudey iz avtobusa v Permi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Perm viloyatida o‘zbekistonlik 20 yoshli yigit YTHga uchragan avtobusdan odamlarni chiqarib oldi.

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Perm viloyatida yo‘nalishli avtobusning YTHga uchraganini ko‘rgan yosh o‘zbekistonlik yigit avtobus ichida bo‘lgan odamlarni qutqarishga yordam berdi, deb xabar qilmoqda "Komsomolskaya Pravda" nashri.

© Nika MuxinaPermskiy reysoviy avtobus marshruta №53 popal v DTP, vrezavshis v stenu magazina
Meni shunday tarbiya qilishgan – O‘zbekiston fuqarosi odamlarni qutqarib qoldi - Sputnik O‘zbekiston
Permskiy reysoviy avtobus marshruta №53 popal v DTP, vrezavshis v stenu magazina

Shanba kuni 53-yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus do‘kon devoriga borib urilishi oqibatida uning eshiklari yopilib qoladi. Ushbu YTHda 1 kishi qurbon bo‘ladi va 32 kishi jarohatlanadi. Voqea guvohi bo‘lgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqaroli Daniil Yuldashev darhol avtobus ichida qolgan odamlarni qutqarishga kirishadi.

Nekropol Baxauddina Nakshbandi. Buxara, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda hovuzda cho‘kayotgan bolani IIV xodimi qutqarib oldi

U avtobusning orqa oynasini sindirib, yaralanganlarni birma-bir olib chiqa boshlaydi. Undan tashqari Daniil shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib yo‘ldan o‘tayotgan avtomobillarni to‘xtatib ulardan bemorlarni shifoxonaga olib borishni iltimos qiladi. Tez yordam yetib kelganda ham Daniil yordam berishda davom etadi.  

Jurnalistlar Daniildan nega u ham boshqa avtomobillar kabi YTHga uchragan avtobus yonidan o‘tib ketmasdan yordam berish uchun to‘xtaganini so‘rashganda, u – Meni shunday tarbiya qilishgan deb javob bergan.

Daniil Toshkentda tug‘ilgan, uning yaqin qarindoshlari hali ham o‘sha yerda yashaydi. Daniil 7-yildan beri Rossiyada yashab kelmoqda. U shu yerda o‘rta maxsus ta’lim olmoqda va bo‘sh vaqtida boks bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0