So‘m yana antirekord o‘rnatdi – O‘zbekiston valyuta kurslari

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKupuri amerikanskix dollarov
Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 21-avgustdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Tablo kursa dollara v vitrine operatsionnoy kassi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank bundan keyin valyuta sotish va sotib olish narxlarini belgilamaydi

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 323,00 so‘mga ko‘tarilib, 9 384,00 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 301,58 so‘mga oshdi va 10 393,72 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 1,67 so‘mga ko‘tarildi va 140,14 co‘mni tashkil qildi.

Bundan avval, O‘zbekiston Markaziy banki mamlakatda dollar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha tushuntirish bergandi. Unga ko‘ra, 20-avgust sanasidan boshlab tijorat banklari tomonidan dollar sotilishi yo‘lga qo‘yilgan. Chet el valyutasini valyuta ayriboshlash shoxobchalarida sotib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni dollar kursi 177,13 so‘mga ko‘tarilib, 8 882,00 so‘m tashkil qilgan edi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Markaziy banki ichki valyuta bozoridagi vaziyat bo‘yicha bayonot berib dollar kursi oshishiga tashqi va ichki omillarni sabab qilib ko‘rsatgan edi.

Jumladan, joriy yil iyul oyidan boshlab, O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda (Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy) milliy valyutalarning qadrsizlanishi tendensiyasi kuzatilmoqda, bu o‘z navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi bo‘yicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ichki omillar, asosan import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning o‘sib borishi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgandi.

Yangiliklar lentasi
0