Hozirgi sharoitda qanday valyutani sotib olish kerak – rossiyalik ekspertning maslahati

© FacebookProfessor Yuriy Yudenkov
Professor Yuriy Yudenkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank bundan keyin valyuta sotish va sotib olish narxlarini belgilamaydi. Shunda dollar va yevro kursi 300 so‘mdan ortiq ko‘tarildi.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi(RANXiGS)ning dotsenti Yuriy Yudenkov, o‘zbekistonliklar bunday sharoitda qanday valyutani sotib olishi va sotishi kerakligi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. 

Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
So‘m yana antirekord o‘rnatdi – O‘zbekiston valyuta kurslari

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy bank tomonidan ko‘rilayotgan choralar, xorijiy valyuta tanqisligi yuzaga kelganligidan dalolat beradi, uni davlat strategik nuqtayi nazardan bozor mexanizmlari bilan ushlab turishga harakat qilmoqda.

“Shubhasiz, valyuta yetarli emas, shuning uchun u ushlab turiladi va keyin butunlay boshqacha kursda chiqadi. O‘ylaymanki, so‘mning ma’lum darajada pasayishi davom etadi, bu esa import tovarlarining narxi ko‘tarilishini anglatadi, shu vaqtda mahalliy mahsulotlar, umid qilaman, avvalgi darajada qoladi, har qalay, hozircha. Aholiga beriladigan maslahalarga keladigan bo‘lsak, menimcha, masalan rubl sotib olish ma’qul, chunki yuan bahosi tushib ketdi va uning taqdiri noma’lum”, - deb ta’kidladi Yudenkov.

Shu bilan birga, ekspert xorijiy valyutani erkin sotish va sotib olish chorasi noqonuniy valyutafurushlardan (ular chegara orqali kontrabanda yo‘li bilan dollarni olib kirish va aholiga sotishni davom etmoqda) batamom xalos bo‘lishga yordam berishiga shubha bilan qaraydi.

Mutaxassisning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Ekspert rasskazal, kakuyu valyutu stoit pokupat i prodavat uzbekistansam
Yangiliklar lentasi
0