Shu yilda Toshkentdagi maktablarni ta’mirlash uchun 400 milliard so‘m ajratiladi

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishPustoy klass
Pustoy klass - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yilda Toshkent shahri bo‘yicha jami 10 ta maktab rekonstruksiya qilinib, 40 tasi kapital ta’mirlanadi.

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Toshkent shahri umumta’lim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Shkolnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Maktab bozorlari: savdogarlar nayranglariga qarshi qo‘llanma

Qarorga ko‘ra, 2019-yilda Toshkent shahri bo‘yicha jami 10 ta maktab rekonstruksiya qilinib, 40 tasi kapital ta’mirlanadi.

Rekonstuksiya va kapital ta’mirlash ishlari uchun 2019-yil yakuniga qadar qo‘shimcha 400 mlrd so‘m ajratiladi.

2020 yildan boshlab tajriba-sinov tariqasida maktablarni xususiy sektor vakillariga qurish-ta’mirlash, boshqarish, foydalanish uchun berish usullari amaliyotga joriy qilinadi.

2019 yil 1-dekabrga qadar Toshkent shahridagi maktablarni oliy ma’lumotli kadrlar bilan to‘ldirish, oliy toifali o‘qituvchilar sonini oshirish, bir nafar o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘quvchilar ulushini bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Yosh pedagog sinflari” tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0