Samarada zaharlangan o‘zbekistonliklar 3 oygacha shifoxonada qolishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishKapelnitsa
Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, zaharlovchi modda – zookumarin yoki dikumarin bo‘lishi mumkin, lekin bu aniq emas. Ushbu moddaning laboratoriya tekshiruvlari hali yakuniga yetmadi.

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Rossiyaning Samara shahrida ommaviy zaharlangan O‘zbekiston fuqarolari 3 oygacha shifoxonada qolishlari mumkin. Bu haqida Sputnik muxbiriga O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsulxonasi vakili xabar qildi.  

“Davolanish uzoqligi 80-90 kungacha bo‘lishi mumkin. Hammasi bemor organizmining individual xususiyatlariga bog‘liq. Ayni damda Samaradagi shifoxonadagi bemorlarning ahvoli stabil. Ular qon tozalash jarayonidan o‘tmoqda. Shifokorlar aytishiga qaraganda kasalxonada qon va qon tozalovchi preparatlar bilan muammo yo‘q”, - deydi Bosh konsuxona vakili.   

Bemorlarning o‘zi esa tezroq shifonxonadan chiqib ishga qaytishni xoxlashmoqda. Ular ish mavsumi tugab maoshsiz qolishdan xavotirda.

Meditsinskaya sestra - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik shifokorlar Samarada zaharlangan vatandoshlarga yordam berish uchun boradi

Oldin xabar berganimizdek, Samarada zaharlangan bemorlar “Koshelevskiy posad” korxonasida qonuniy ishlagan. Rossiya mehnat qonunchiligiga asosan ularga “kasallik varaqasi”ga asosan kompensatsiya to‘lovlari to‘lanishi kerak.

Moskvaga FVV samolyotida olib kelingan 4 nafar bemorning ahvoli – og‘ir. Ular Gematologiya institutining jonlantirish (reanimatsiya) bo‘limida joylashtirilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi va Bosh prokuraturasi ushbu ommaviy zaharlanish holati yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda. Zaharlovchi modda organizmga qanday kirib qolgani ham ma’lum emas - ish jarayonidami yoki ovqat bilan.

Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Samarada 68 nafar O‘zbekiston fuqarosi noma’lum moddadan zaharlandi

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, zaharlovchi modda – zookumarin yoki dikumarin bo‘lishi mumkin, lekin bu aniq emas. Ushbu moddaning laboratoriya tekshiruvlari hali yakuniga yetmadi.

Ma’lumot uchun, zookumarin - kemiruvchilarga qarshi zahar bo‘lib, undan qishloq xo‘jaligida foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, 18-iyul kuni Samara viloyatida 69 nafar O‘zbekiston fuqarolari noma’lum moddadan zaharlanib shifoxonaga tushib qolgani xabar qilingan edi. Keyinchalik ularning 20dan ortig‘i sog‘ligi yaxshilanini munosabti bilan kasalxonadan chiqarib yuborilgan. Ayni damda 48 nafar kishi Samara va Tolyatti shifonalarida qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0