Putin Rossiyada o‘tkazilgan norozilik aksiyalariga izoh berdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPramaya liniya s prezidentom RF Vladimirom Putinim
Pramaya liniya s prezidentom RF Vladimirom Putinim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin Fransiyadagi sariq nimchalar aksiyasi kabi hodisalar Moskvada ro‘y berishini xohlamasligini aytdi va Rossiyadagi siyosiy vaziyat qonun doirasida rivojlanishi uchun qo‘lidan kelguncha harakat qilishga va’da berdi.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Vladimir Putin Rossiyada bo‘lib o‘tgan norozilik aksiyalari haqida gapirar ekan, holatni to‘qnashuvlargacha olib kelishga hech kim haqli emasligini, aybdorlar jazolanishi zarurligini aytdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Aksiya protestov avtomobilistov jeltie jileti v Parije  - Sputnik O‘zbekiston
Bi-bi-si Fransiyadagi tartibsizliklarda Rossiya izini topmoqchi

Davlat rahbari Moskvadagi tartibsizliklar saylovlar bilan bog‘liq ekanligini qo‘shimcha qildi, negaki Rossiyada sentabr oyida regional, shu jumladan Moskva hokimligiga saylovlar o‘tkazilishi kutilmoqda. Putin shuningdek,amaldagi qonunga muvofiq, fuqarolar "tinch namoyishlar"ni o‘tkazishga haqli ekanini va hukumat bunda ularga halal berishi kerakmasligini qo‘shimcha qildi.

"Biroq hech kim - na hokimiyat, na fuqarolar guruhlari - amaldagi qonunni buzishga va holatni bema’nilik darajasigacha yoki hukumat bilan to‘qnashuvgacha olib kelishga haqli emas. Bu qonun buzilganini anglatadi va bunda aybdor bo‘lganlarning barchasi xuddi o‘sha Rossiya qonuniga muvofiq javobgarlikka tortilishi lozim", - dedi u.

Prezident, shuningdek, iyul va avgust oylarida o‘tkazilgan aksiyalar hukumat tomonidan sanksiya qilingani va ular tinch, hech bir tartibbuzarliklarsiz bo‘lib o‘tganini qayd etdi.

"Bundan keyin ham bizda hammasi shu tarzda - ijtimoiy tartibbuzarliklarsiz va qonunbuzarliklarsiz kechishini xohlar edim", - dedi Putin.

Davlat rahbari Fransiyada bo‘lib o‘tgan aksiyalar haqida esga oldi.

Aksiya protesta avtomobilistov v Parije - Sputnik O‘zbekiston
Makron Fransiyada favqulodda holat e’lon qildi

"Bilishimizcha, bu kabi voqealar faqatgina Rossiyada ro‘y bermaydi... Hozir men mehmondaman va shu bois bu haqda gapirish biroz noqulay, lekin majburman, chunki siz shunday savollar bilan murojaat qilyapsiz. "Sariq nimchalar" deb ataluvchilar bilan bog‘liq hodisalar barchamizga ayon, nazarimizda, bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, unda 11 kishi halok bo‘lgan, 2,5 ming kishi jarohatlangan, shu jumladan, 2 ming nafar politsiyachilar ham", - dedi Rossiya prezidenti.

Putin bu kabi hodisalar Moskvada bo‘lishini xohlamasligini aytdi va mamlakatdagi siyosiy vaziyat qonun doirasida rivoj topishi uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishga va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Fransiya prezidentlarining yozgi qarorgohi - forte Bregansonda uchrashdi. Muzokaralar Fransiyaning Biarritse shahrida 24-26 avgust kunlari o‘tkaziladigan G7 sammitidan bir necha kun oldin o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0