Makron Fransiyada favqulodda holat e’lon qildi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishAksiya protesta avtomobilistov v Parije
Aksiya protesta avtomobilistov v Parije - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Emmanuel Makron mamlakatda favqulodda ijtimoiy va iqtisodiy holat e’lon qildi.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan “sariq nimchalar” norozilik namoyishlari tufayli - favqulodda holat e’lon qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Fransiya rahbari aytishiga qaraganda namoyishlar chog‘ida amalga oshirilayotgan jinoyatlarni hech narsa oqlay olmaydi.

“Biz hammasini ko‘rayapmiz, aholi g‘azabidan foydalanmoqchi bo‘layotgan opportunistlarni ham, respublikani tebratib anarxiya tashkil qilmoqchi bo‘layotgan siyosatchilarni ham”, - dedi Makron.

Makron fikriga ko‘ra, aksariyat franzuzlarning g‘azabga kelishining asl sababi soliqlar emas, balkim mavjud global muammolardir. Shuningdek, prezident aholi g‘azabini tushunishi mumkinligini, lekin shu bilan bir vaqtda, hech qanday g‘azab politsiya xodimlariga hujum qilish, savdo nuqtalari va binolarni buzish kabi jinoyatlarni oqlay olmasligini aytdi.

“Bizning erkinligimiz – har bir kishi o‘z fikrini, boshqalar rozi bo‘lmasligidan qo‘rqmagan holda, ifodalashi mumkinligidadir” , - dedi Makron.

Shuningdek Fransiya prezidenti Fransiyani “munosib ishlab yashaydigan” joy sifatida ko‘rishni istayotganini aytdi.

Aksiya protestov avtomobilistov jeltie jileti v Parije  - Sputnik O‘zbekiston
Fransiya vaziri Trampdan mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikni so‘radi

“Men hukumat va parlamentdan  biz yaxshiroq yashashimiz uchun hamma kerakli ishni bajarishni so‘rayman. Yangi 2019-yil  boshidan eng kam ish haqi 100 yevroga oshiriladi”, - dedi Makron.  

Shuningdek Fransiya rahbari korxonalari o‘z odimlariga yillik bonuslar to‘lanishi, pensionerlarga eng 2000 yevro miqdorida majburiy sug‘urta puli to‘lanishini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr o‘rtalaridan boshlab Fransiyada “sariq nimchalar” keng ko‘lamli  norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar dastlab benzin narxi oshishiga qarshi chiqishgan edi, keyin esa hukumat iste’fosini talab qila boshlashdi. Ommviy namoyishlar politsiya xodimlariga hujumlar, magazin va bankomatlarga bosqinchilik, avtomobillarni yoqish va boshqa jinoyatlar bilan birga amalga oshirilmoqda. Huquqni saqlash organlari 4500 dan ortiq kishini qo‘lga olgan.

Yangiliklar lentasi
0