Mehnat vazirligi chetga ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarga zarur eslatma bilan chiqdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishInostrannie grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoe foto
Inostrannie grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin Mehnat vazirligi O‘zbekistondagi ayrim xususiy bandlik agentliklari faoliyati tekshirilishini e’lon qilgan edi. Tekshiruv o‘tkazilishiga fuqarolarning aldanib qolayotganliklari sabab qilib ko‘rsatilgan

TOShKENT, 17 avg - Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi chet elga ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarga muhim eslatma bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
FXX Rossiyaga kelgan migrantlar sonini ochiqladi – O‘zbekiston yetakchi

Vazirlik bunday fuqarolarni shartnoma tuzishda adashmaslik uchun qanday jihatlarga e’tibor berish lozimligini aytib o‘tgan.

"Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini maqsad qilib qo‘ygan fuqarolarni xususiy bandlik agentliklari bilan shartnomalar tuzishdan va rasmiy hujjatlarga imzo chekishdan oldin uning barcha talablarini o‘qib chiqishga va e’tiborli bo‘lishga chaqiradi. Ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun oldindan mablag‘ talab qilgan yoki to‘lanmagan summadan uzoq muddat foydalanib, oxir-oqibat mablag‘ingizni qaytarishni talab qilganingizda o‘z chegirmasini olib qolayotgan kontragentlar yoki umuman mablag‘laringizni qaytarib bermayotgan xususiy bandlik agentliklari haqida xabar bering", - deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Mehnat vazirligi O‘zbekistondagi ayrim xususiy bandlik agentliklari faoliyati tekshirilishini e’lon qilgan edi. Tekshiruv o‘tkazilishiga fuqarolarning aldanib qolayotganliklari sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, xususiy bandlik agentliklariga ishga joylashish uchun murojaat etgan va oldindan 100% haq to‘lagan fuqarolar ishga joylashtirilmay qolmoqda va ular o‘z mablag‘larini qaytarib ololmayapti, ayrim hollarda to‘langan pullarning ma’lum bir qismi asossiz ushlab qolinmoqda.

Tekshirish yakuni bo‘yicha qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan Xususiy bandlik agentliklarining litsenziyasini to‘xtatish, tugatish, bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek Nizom va Bitim talablarini buzgan Xususiy bandlik agentliklari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar va ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0