TOShKENT, 19 avg – Sputnik. AQSh milliy xavfsizlik arxivi Chernobil AES avariyasi haqida birinchi hisobotni e’lon qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
1986 yil 2-mayda AQSh davlat bosh kotibi Jordj Shuls nomiga hisobot tayyorlangan. Unda aytilishicha, Amerika maxsus xizmatlari avariyadan so‘ng birinchi kunlari qurbonlar soni to‘g‘risida rasmiy xabarlar haqoniyligiga shubha qilgan. Ular Chernobil AESining 4-chi energoblokida katta vayronagarchiliklar aks etgan suratlar asosida o‘z xulosalarini tayyorlashdi.
“Butun razvedka jamiyati “faqat ikki kishi halok bo‘ldi” degan ma’lumotni bo‘lmagan gap deb hisoblaydi”, - deb yozgan razvedka va tadqiqot masalalari bo‘yicha yordamchi Morton Abramovis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sovet RBMK-1000 reaktorida kunduzgi smenada 100 ga yaqin, kechasi 25-35 kishi bo‘lgan. AESning 3-chi va 4-chi bloklari bir-biriga juda yaqin joyda joylashgan. Shuning uchun reaktor yaqinida taxminan 200 kishi, kechasi esa 70 kishigacha bo‘lgan.
“Portlash markaziga yaqin bo‘lgan barcha kishilar darhol halok bo‘lgan yoki o‘ta kuchli nurlanish olgan”, - deb ta’kidlangan.
1986 yil 26-aprelda Chernobil AESda 4-chi energoblok portlab ketdi. AESning 134 nafar texnik xodimlari va yong‘in o‘chirish xodimlarida o‘ta kuchli nurlanish kasalligini aniqlandi. Shulardan 28 nafari voqea yuz bergandan keyin birinchi oylarida vafot etdi. Portlash joyida bir nafar AES ishchisi, yana bir xodim shifoxonada halok bo‘ldi.
Belorussiyada radiatsiyaviy ifloslanishning umumiy maydoni qariyb 46,5 ming kvadrat kilometrni (umumiy maydondan jami 23 foiz), Ukrainada esa 50 ming kvadrat kilometrni tashkil qildi.
Shuningdek, Rossiyaning aholisi 2,6 million kishi bo‘lgan 19 ta hududiga ta’sir ko‘rsatdi, Belarus, Rossiya, Ukrainada 8,4 kishi radiatsiyaga duchor bo‘ldi, 100 minglab kishi evakuatsiya qilindi.