Buxoroda hovuzda cho‘kayotgan bolani IIV xodimi qutqarib oldi

Obuna bo‘lish
“Bahovuddin Naqshband” ziyoratgohida, tasodifan hovuzga tushib ketib cho‘kayotgan bolani Qo‘riqlash bo‘limi xodimi qutqarib qoldi (video).

TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Buxoroda hovuzga tushib ketib cho‘kayotgan bolani IIV xodimi qutqarib oldi, deb xabar qilmoqda Daryo Buxoro viloyat IIB matbuot xizmatiga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, andijonlik bolakay bir zum ota-onasining nazoratisiz qolib, hovuzga tushib ketgan.

“Bahouddin Naqshband” majmuasiga ziyoratga kelib, ota-onasining qarovisiz qolib, “Bibi Orifa” masjidi hovlisidagi hovuzga tushib ketgan, andijonlik 8 yashar bolaning hayoti qutqarib qolindi”, - deyilgan xabarda.

Bola kutilmagan tasodifdan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan va cho‘ka boshlagan. Shu dam ziyoratgohni videokameralar yordamida kuzatayotgan milliy gvardiya xodimi darhol yordamga yetib kelgan. Qo‘riqlash boshqarmasining 5 - alohida otradi shaxsiy tarkibi 1-guruh safdor xodimi Dadaxon Xo‘jayev bolaning hayotini saqlab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0