TOShKENT, 17 avg - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2019 yil hosili paxta xom ashyosini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
2019 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xom ashyosini terib olishda:
paxta xom ashyosining mashinada terilgan 1 tonnasi uchun 500 000 so‘m;
qo‘lda terilgan 1 kilogrammi uchun birinchi terimda o‘rta tolali paxta navlari uchun – 800 so‘mdan, uzun tolali paxta navlari uchun – 1000 so‘mdan,
ikkinchi terimda o‘rta tolali paxta navlari uchun – 1000 so‘mdan, uzun tolali paxta navlari uchun – 1400 so‘mdan mehnat haqi to‘lanishi rejalashtirilmoqda.