"Paxtaga budjet tashkilotlari chiqmaydi": Mirziyoyev amaldorlarni hozirdan ogohlantirdi

© Sputnik / Denis AbramovSbor urojaya xlopka v Stavropolskom krae
Sbor urojaya xlopka v Stavropolskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Selektorda so‘zga chiqqan viloyat hokimlaridan biri prezidentga bu yil paxta yaxshi bo‘layotgani, uni yetishtirish uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini aytgan.

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Prezident videoselektorda bu yilgi paxta terimiga budjet tashkilotlari olib chiqilmasligi haqida eslatdi, deya xabar bermoqda "Kun.uz" nashri.

Ishsiz fuqarolar paxta yig‘im-terimiga ixtiyoriy ravishda jalb etiladi

12 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Unda prezident ko‘plab masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Selektorda so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev bu yil paxta yaxshi bo‘layotgani, uni yetishtirish uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini aytdi.

Nashrning yozishicha, Mirziyoyev Ro‘ziyevning paxta haqidagi gaplaridan so‘ng barcha hokimlarga bu yil paxta terimiga budjet tashkilotlari jalb qilinmasligini eslatib o‘tdi.

"Bu yil paxta [terimi]ga maktab, institut — umuman, birorta budjet tashkilotlari olib chiqilmaydi, eslaringdan chiqmasin", — deya iqtibos keltirgan O‘zbekiston rahbari so‘zlaridan nashr.

Yangiliklar lentasi
0