Moliya vazirligi O‘zbekistonda budjet pullarini o‘marganlarni fosh qildi

Obuna bo‘lish
Yashnobod tumanidagi Ko‘zi ojizlar maxsus maktab internatida bosh hisobchi o‘zining oylik lavozim maoshiga ortiqcha ish haqi qo‘shib yozishi natijasida budjetdan 77,6 mln. so‘m asossiz ortiqcha to‘lab yuborilgan

TOShKENT, 17 avg - Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari joriy yil I yarim yilligida olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida ayrim budjet muassasalari tomonidan budjet mablag‘lari sarflanishida tizimli ravishda qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 1,08 milliard so‘mni o‘zlashtirib yuborgan tadbirkor qo‘lga olindi

Jumladan, Jizzax shahar 22-sonli umumta’lim maktabida haqiqatda ishlamaydigan 11 nafar fuqarolar nomiga homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini, shuningdek mehnat ta’tili, mukofot va moddiy yordam mablag‘larining asossiz hisoblanishi va to‘lanishi natijasida 448,2 mln. so‘m budjet mablag‘lari asossiz sarflab yuborilgan.

Mirziyoyev ayovsiz "savalagan" Ostrogorskiy kim? >>>

Bo‘z tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida ham haqiqatda ishlamagan fuqarolarga ish haqi hisoblash yo‘li bilan 99,3 million so‘m, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida 65,3 mln. so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

Kegeyli tumanidagi 1-son umumta’lim maktabida 54,7 mln. so‘m va Buxoro shahridagi 1-son umumta’lim maktabida 31,2 mln. so‘m miqdoridagi budjet mablag‘lari haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan xodimlarga ish haqi hisoblanishi natijasida asossiz sarflab yuborilgan.

Sho‘rchi tumanidagi 10-son umumta’lim maktabida xodimlarining plastik kartochkalarga asossiz mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan 36,1 mln. so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy o‘zlashtirilgan.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Termizda katta miqdorda budjet mablag‘larini talon-taroj qilgan shaxs ushlandi

Yashnobod tumanidagi Ko‘zi ojizlar maxsus maktab internatida bosh hisobchi tasdiqlangan shtatlar jadvalidagi o‘zining oylik lavozim maoshiga ortiqcha ish haqi qo‘shib yozishi natijasida budjetdan 77,6 mln. so‘m asossiz ortiqcha to‘lab yuborilgan.

Bulardan tashqari, Bog‘dod tumanidagi 50-sonli umumta’lim maktabida pudratchi "Farg‘ona sayqal servis" xususiy korxonasi tomonidan "Obod qishloq" dasturi doirasida bajarilgan ta’mirlash ishlari joyida nazorat o‘lchovidan o‘tkazilib, moliyalashtirish uchun taqdim etilgan hisob faktura ma’lumotlari bilan haqiqatda bajarilgan ishlar solishtirilganda 129,9 mln. so‘mlik bajarilmagan ish hajmlari qo‘shib yozilganligi ma’lum bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0